AsosiyJamiyat

Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimlik organlarining raqobatga zid bo`lgan 2,4 mingta qarori bekor qilingan

'Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimlik organlarining raqobatga zid bo`lgan 2,4 mingta qarori bekor qilingan'ning rasmi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi majlisi bo`lib o`tdi.

Unda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining 2019-2021 yillardagi faoliyati to`g`risida qo`mita raisining axboroti tinglandi.

Qayd etilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan 2019-2021 yillarda yuklatilgan vazifalar doirasida yirik davlat monopoliyalar, bozor ishtirokchilari hamda davlat organlarining 14,5 mingdan ortiq turli raqobatga zid harakatlari bartaraf etilgan. Natijada 37 ming tadbirkorlik sub`ektlarining jami 380 mlrd so`mga teng manfaatlari himoya qilingan.

Ushbu davrda davlat boshqaruvi va mahalliy hokimlik organlarining 2,4 mingta raqobatga zid qarorlari bekor qilingan.

Davlat xaridlari doirasidagi tender (tanlov) savdolarida 9,4 mingta raqobatni cheklovchi omillarning oldi olingan va natijada 1,6 trln. so`m byudjet va korporativ mablag`larini iqtisod qilishga imkoniyat yaratilgan.

Qonun hujjatlarini raqobatga ta`sirini baholash metodikasi joriy qilinib, uning asosida vazirlik va idoralar tayyorlagan 822 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari 68 foizida raqobatga zid norma bartaraf etilgan.

Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo`yicha jami 17,8 mingta holatda aniqlangan turli kamchiliklarni tezkor bartaraf etish choralari ko`rilgan hamda 277 ta holatda intellektual mulkni huquqlari cheklanishi bilan bog`liq nohalol raqobatning oldi olingan.

Ko`rilgan masala yuzasidan qo`mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar