SSV o`zbekistonda SOVID-19ga chalinish statistikasida pasayish kuzatilsada, odamlar o`rtasida ehtiyotkorlik susayib boryotganidan xavotirlanmoqda.
" - Pandemiya xavfi haqida so`z ochishimiz bejiz emas. Chunki bu borada dunyoda vaziyat yana murakkablashmoqda. Kasallik ortga chekinish o`rniga, ayrim mamlakatlarda qayta avj olyapti. Ayniqsa, Evropada ahvol yomon.
Masalan, Avstriyada bugundan umummilliy lokdaun amalga kirdi. U 20 kungacha davom etishi belgilangan. Bu vaqt mobaynida barcha ommaviy va madaniy tadbirlar bekor qilinadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va madaniyat maskanlari, aksariyat savdo nuqtalari, ta`lim muassasalari yopiladi.
Cheklovlar emlanmaganlar uchun, ayniqsa, qat`iy. Ularning oziq-ovqat do`koni, dorixona, shifokor ko`rigi kabi eng muhim ehtiyojlardan boshqa maqsadlar uchun ko`chaga chiqishi taqiqlangan. Hozir mamlakatda vaksina olmagan 2 million kishi shunday choralar sharoitida yashashga majbur.
Germaniyada ham COVID-19 bilan bog`liq vaziyat jiddiylashib borayotgani tufayli emlanmagan aholi qatlami uchun karantin choralari kuchaytirildi. O`tgan haftada bu erda kuniga 60 mingga yaqin kasallanish holatlari aniqlanib, pandemiya boshlangandan beri eng yuqori ko`rsatkich qayd etilgandi.
Yangi cheklovlarga ko`ra, agar mamlakat ma`muriy hududlarida COVID-19 tufayli kasalxonalarga yotqizish holati har 100 ming aholiga nisbatan 6 taga etsa, emlangan va koronavirusdan tuzalgan fuqarolar ham ommaviy tadbirlarga tashrif buyurish uchun majburiy ravishda test topshiradi.
Ko`rsatkichlar 9 taga etgach esa ijtimoiy aloqalar bo`yicha ham cheklovlar joriy etiladi. Bundan tashqari, Germaniyada 18 yoshdan oshgan aholiga buster dozani qo`llash tavsiya qilinmoqda.
Buyuk Britaniyada ham bugundan barcha bochqichda to`liq emlangan 40 yoshdan oshgan fuqarolar koronavirusga qarshi vaksinaning buster dozasini olish huquqiga ega bo`ldi.
Slovakiya 22 noyabrdan koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar uchun lokdaun joriy etgan yana bir mamlakat bo`ldi. Bunday aholi qatlami kafe va restoranlar, savdo markazlari, ommaviy va sport tadbirlariga bora olmaydi.
Chunki Slovakiya Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida emlanish ko`rsatkichlari bo`yicha eng quyi pog`onada turibdi — 45 foiz. Ayni sababdan so`nggi sutkada bu erda kunlik kasallanish ko`rsatkichlari rekord daraja – qariyb 9,6 mingga etgan," - deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi dunyodagi murakkab epedimik vaziyatni hisobga olib, yurtdoshlarimizni karantin qoidalariga qat`iy rioya etishga, xotirjamlikka berilmay, o`z vaqtida vaksina olishga chaqiradi.






