AsosiyJinoyat

Yakkabog`da ayol turmush o`rtog`i tomonidan o`ldirilgani rostmi?

'Yakkabog`da ayol turmush o`rtog`i tomonidan o`ldirilgani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yakkabog` tumanida ayol turmush o`rtog`i tomonidan o`ldirilgan" sarlavhali xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 21 oktyabr kuni Yakkabog` tumani, “Uyg`ur” mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o`rtog`i G.X. bilan o`zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati etkazganligi oqibatda G.X. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 22 oktyabr kuni Yakkabog` tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining  

97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining  

97-moddasi bilan ayb e`lon qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog` tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar