AsosiyJamiyat

S.Umurzakov Qozog`istonning savdo va integrasiya vaziri bilan uchrashdi

'S.Umurzakov Qozog`istonning savdo va integrasiya vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

21 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qozog`iston Respublikasi savdo va integrasiya vaziri B.Sultanov boshchiligidagi delegasiya bilan kengaytirilgan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda ikki mamlakatning asosiy vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv O`zbekiston-Qozog`iston iqtisodiy hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishga bag`ishlandi. Muloqotda investisiyaviy munosabatlar, savdo, sanoat kooperasiyasi hamda transport va logistika sohasidagi hamkorlikka oid keng ko`lamli masalalarga to`xtaldi.

Sanoat kooperasiyasi yo`nalishida qo`shma loyihalar sonini ko`paytirish bo`yicha ishlarni jadallashtirishning dolzarbligi qayd etildi. Tomonlar agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, to`qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya va farmasevtika tarmoqlarida bugungi kunda ko`rib chiqilayotgan qator loyihalarni muhokama qilib, yangi loyihaviy takliflarni ishlab chiqish maqsadida turli sohalarda mavjud bo`lgan salohiyat va ishga solinmagan imkoniyatlarni o`rganishga kelishdilar.

Shuningdek, uchrashuv chog`ida transport sohasida qo`shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog`liq qator masalalar hamda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va ikki mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bo`yicha ustuvor vazifalarga to`xtalib o`tildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo`nalishlari doirasida birgalikda faoliyat yuritish uchun navbatdagi tadbirlar belgilandi.

    Boshqa yangiliklar