Vobkent tuman Elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi D.D. YaTT F.dan ishlab chiqarish sexiga uch fazali elektr liniyasini ulab berish uchun 300 AQSh dollari talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shofirkon tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda muhandis firibgarlik yo`li bilan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.