Joriy yilning 23 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida «Katiba Tavhid val-Jihod» terroristik tashkilotining yashirin jamoati a`zolari, mazkur tashkilot g`oyalarini targ`ib qilish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qo`lga olindi.
Ular jamoat bo`lib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari hisoblangan "Abdulloh Zufar" va "Sodiq Samarqandiy"ning audio va video ma`ruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shug`ullanishgan.
Bundan tashqari, jamoat a`zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablag`larni to`plab kelishgan va ularning saflariga qo`shilishni maqsad qilishgan.
Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.