Ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan Andijon viloyatidagi umumta`lim maktablarining biriga o`quvchi tomonidan isitish vositasi olib kelinayotganligi tasvirlangan fotosuratlar keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Holat yuzasidan bayonot bergan viloyat xalq boshqarmasiga ko`ra, xabarlarda keltirilgan fototasvirda Ulug`nor tumanidagi 21-maktab kirish qismi tasvirlangan. Ushbu maktab 2018-yil “Obod mahalla davlat dasturi” asosida to`la ta`mirlanib, o`quv binolari zamonaviy ko`rinishga keltirilgan.
Shunigdek, maktabda 4 ta (3 ta Piroliz, 1 ta AKS-50 rusumdagi) isitish qozonlari o`rnatilgan bo`lib, kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan (2021-yil 15-noyabr sanasidan) o`quv binolari standart haroratda isitilib kelinmoqda.
Shu sabab ushbu ta`lim muassasasida o`quvchilar tomonidan olib kelinadigan isitish vositalariga umuman zarurat yo`qligi ma`lum qilingan.
Viloyatdagi maktablarning kuz-qish holatlari bo`yicha murojaatlar mavjud bo`lsa viloyat xalq ta`limi boshqarmasi qoshidagi +998 91 176-31-00, +998 99 176-17-771 ishonch telefoniga yoki @talim_inspektori_bot dasturiga murojaat qilish so`ralgan.






