Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan “The Procter & Gamble” kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan tuman DSI bilan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro E.T. o`zining yashash xonadonida yashirin seh tashkil qilib, har biri 2 kg. dan qadoqlangan polietilen qoplarda “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Mif” nomli brendlar ostida qalbakilashtirilgan kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarilayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 4 540 kg yarim tayyor mahsulotlar, 146 dona kir yuvish kukuni, 111 dona turli brend nomlari tushirilgan polietilen paketlar, 2 dona qadoqlash uskunasi va tarozi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.