AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ikkita tumanida gaz o`chiriladi

'Bugun Toshkentning ikkita tumanida gaz o`chiriladi'ning rasmi

 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangihayot tumani “Ibrat” mahallasi hududida joylashgan o`rta bosim gaz taqsimlash punkitini ta`mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 24 - noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha "Olchazor", "Birlik", "Sergeli 11", "Lutfikor" ko`chalaridagi 320 ta erli xonadonlar hamda 7 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Shayxontohur tumani, “Ipakchi” mahallasi hududidagi tabiiy gaz iste`molchilarining gaz bosimini yaxshilash maqsadida o`rnatilgan qo`shimcha gaz taqsimlash punkitini gaz tarmog`iga ulash ishlari “Shayxontohurtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 24 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar "Nurobod" ko`chasidagi 43 ta xonadonlarda tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar