Bu haqda Farg`ona viloyati FVB Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 24 noyabr kuni soat 10:39 da Oltiariq tumani «Bug`doychi» MFY, O`zbekiston ko`chasi 90-uyda joylashgan Oila va mahallani qo`llab quvvatlash bo`limi ma`muriy binosining 10 kv.m maydonda ichki qismi yongan.
Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga 10:46 da etib borib, 10:48 da yong`in o`rab olinib, 10:53 da to`liq o`chirilgan. Yong`indan binoning 200 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Yong`inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.