AsosiyDunyo

Ikki haftadan so`ng Olaf Shols Germaniya kansleri lavozimiga kirishadi

'Ikki haftadan so`ng Olaf Shols Germaniya kansleri lavozimiga kirishadi'ning rasmi

Germaniyada koalisiya hukumati to`g`risidagi bitim imzolandi.  Unga ko`ra, ikki haftadan so`ng Olaf Shols kansler lavozimiga kirishadi. 

Germaniyaning uchta partiyasi — Germaniya sosial-demokratik partiyasi, "Yashillar" va "Erkin demokratlar" koalisiya tuzishga kelishib oldilar.  Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Germaniya sosial-demokratik partiyasi a`zosi Olaf Shols yangi kansler etib tayinlandi.  Uning saylanish jarayoni taxminan ikki hafta ichida, 8 dekabrda bo`lib o`tishi kutilmoqda.

Der Spiegel nashrining yozishicha, "Yashillar" hamraisi Annalena Berbok Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaydi.  Ilgari u bir necha bor "Shimoliy oqim 2" gaz quvuri qurilishiga qarshi chiqqan edi. Erkin demokratlar rahbari Kristian Lindner yangi moliya vaziri bo`lishi aytilgan.

63 yoshli Olaf  Shols so`nggi uch yil davomida Angela Merkel hukumatida kansler o`rinbosari va moliya vaziri lavozimlarida ishlagan.

Germaniyada saylovlar 26 sentyabr kuni bo`lib o`tdi.  Germaniya sosial-demokratik partiyasi, "Yashillar" va "Erkin demokratlar" o`rtasidagi koalisiya muzokaralari oktyabr oyi oxiridan beri o`tkazilmoqda.

Merkel vakili bo`lgan XDI/XII bloki 2005 yildan beri birinchi marta hukmron koalisiya tarkibiga kirmadi.

    Boshqa yangiliklar