AsosiyJamiyat

Birjada ba`zi benzin narxlari 20 foizga arzonlashdi

'Birjada ba`zi benzin narxlari 20 foizga arzonlashdi'ning rasmi

 Antimonopoliya qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 24 noyabrida birja savdolariga jami 5397,4 tn AI-80 markali benzin qo`yilgan bo`lsa shundan 5208 tn yoki 96 foizi sotilgan. 

Natijada, 24 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o`rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so`mdan 8 098 ming so`mgacha pasayib yoki 15 noyabrga nisbatan 20 foizga arzonlashgan.

 Ta`kidlanishicha, kichik 1 tn lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzining o`rtacha sotish narxi 6753 ming so`mgacha pasaygan yoki 16 noyabrga nisbatan 31 foizga arzonlashgan, "Sanoat energetika guruhi" MChJ QK mahsuloti bo`yicha pasayish 22 foizni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar