AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirining navbatdagi kutilmagan tashrifi Qamashidagi Mehribonlik uyi bo`ldi

'Xalq ta`limi vazirining navbatdagi kutilmagan tashrifi Qamashidagi Mehribonlik uyi bo`ldi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov kecha ijtimoiy tarmoqda e`lon qilingan "Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 68-maktab og`ir ahvolda" degan maqoladagi vaziyatni o`rganish uchun mazkur viloyatga jo`nab ketgan edi.

Tashrif davomida xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan ham uchrashdi. Bu haqda XTV matbuot kotibi ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, vazir bolalarga yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishib, ularni ta`lim-tarbiyasi, jismonan sog`lomligi yo`nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan Ularni qiynayotgan muammolar, qiziqishlar to`g`risida suhbat qilgan.  

"Sizlar yurtimizning ertangi kundan umidisizlar. Sizlar qanchalik aqlli, ilmli bo`lsangiz Vatanimiz shuncha ravnaq topadi", — deya bolalarni ruhlantirgan vazir.  

Ma`lumotga ko`ra, mehribonlik maskanida bolalarning AKTdan unumli foydalanishlari uchun qo`shimcha kompyuter jamlanmalari sovg`a qilingan. Shu bilan vazirning Qashqadaryo viloyatiga ishchi tashrifi nihoyasiga etgan.

    Boshqa yangiliklar