AsosiyJinoyat

Toshkentda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Toshkentda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi DXX va viloyat IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. 

Xabar berilishicha, Toshkent tumani hududida joylashgan kiyim-kechak savdo bozori hududida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug`ullanib kelgan fuqaro A.A., o`zining yashash uyda fuqaro S.ga jami 4 800 AQSh dollarini 51,8 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 15 383 AQSh dollari, 264 ming Qozoq tengesi, 89 ming Rossiya rubli va 414,3 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar