Ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumanida yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining️ dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 25 noyabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani hududidan o`tgan "Sergeli-Bo`stonliq" avtomobil yo`lining 18-kilometrida, haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan O.T. "Kamaz" rusumli avtomobilda harakatlanayotib keskin tormoz berishi oqibatida, yukxonada bo`lgan beton ustunlar joyidan oldinga siljib, avtomobilning kabina qismiga zarar etkazgan.
Natijada, haydovchi O.T. engil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda haydovchi hodisa joyida, ahvoli yaxshi.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
️"Barcha haydovchilardan yuk ortganda to`g`ri joylashuviga, mustahkamlanganligiga, xavfsiz ortilganligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz",–deyilad xabar so`nggida.






