AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimi to`xtatgan "Toyota Land Cruiser"ning haydovchisi qidiruvda bo`lib chiqdi

'Toshkentda YPX xodimi to`xtatgan "Toyota Land Cruiser"ning haydovchisi qidiruvda bo`lib chiqdi'ning rasmi

Bugun, 2021 yil 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi J.Abdulfayziev xizmati davomida Yunusobod tumani, Alisher Navoiy ko`chasida "Toyota Land Cruiser" rusumli avtomobilni to`xtatib, haydovchi 1990 yilda tug`ilgan A.X.ning ma`lumotlarini planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirgan.  Shu vaqtda, mazkur fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 2021 yil 8 oktyabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan. Bu haqda IIBB xabar bermoqda.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro A.X. tuman IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar