1

Rossiya banki raisining o`rinbosari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Iqtisodiyot 26.11.2021, 19:12
Rossiya banki raisining o`rinbosari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Markaziy bankda Rossiya banki raisining o`rinbosari Mixail Alekseev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida mehmon so`nggi yillarda Rossiya Federasiyasida pul muomalasining asosiy ko`rsatkichlarini taqdim etdi. Xususan, Rossiyada chiqarilayotgan pul mablag`lari va tangalar soni yil sayin ortib borayotgani qayd etildi.

 Shu bilan birga, M.Alekseev O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul belgilarini muomalaga chiqarish borasidagi yutuqlarini alohida ta`kidlab, mavjud kupyuralar dizaynini yuqori baholadi.

Muloqot yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1