AsosiyIqtisodiyot

Alisher Usmonovning kompaniyasi "Kapitalbank" aksiyalarini sotib oldi

'Alisher Usmonovning kompaniyasi "Kapitalbank" aksiyalarini sotib oldi'ning rasmi

Alisher Usmonovning kompaniyasi "Kapitalbank" aksiyalarini sotib olgani ma`lum qilindi. Noyabr oyi boshida bankning 50 foiz ulushi Oybek Tursunovga o`tgan edi.

Alisher Usmonovga tegishli “USM Holding” kompaniyasining sho``ba korxonasi bo`lgan “Telekominvest” “Kapitalbank”ning 215,3 milliard so`mlik aksiyalarini sotib oldi. Ushbu kompaniyaning 49% ulushi Alisher Usmonovga tegishli hisoblanadi.

Qayd etilishicha, Alisher Usmonovga tegishli “Telekominvest”  “Kapitalbank”ning 65 million 973 ming 307 dona aksiyasini sotib olgan. Aksiyalarning umumiy qiymati 215,3 milliard so`mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar