"Olimpik" - "Mash`al" (3:1) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida Superliganing yangi ishtirokchisiga aylangan jamoa bosh murabbiyi Temur Kapadze o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
- Avvalo, shtabimizdagi barchani g`alaba bilan tabriklayman. 1 yil davomida katta o`sishga erishdik. O`yinga har tomonlama yaxshi tayyorlandik.
“Mash`al” kuchli jamoa. Muborakliklarning tartibli o`yini bilan barcha klublar ularga qarshi bahsda qiynalishgan. Statistikaga nazar tashlaydigan bo`lsak, ular hech qachon yirik hisobda mag`lub bo`lishmagan. Ularning o`yinlarini tahlil qilib, ushbu bellashuvga tayyorlandik. Bugun haqqoniy va irodali g`alabaga erishdik. Bu yigitlarimizning ancha o`sganidan dalolat beradi. Superligaga yo`llanma olganimiz yanada o`sishimiz kerakligini anglatadi.
Bizning maqsadimiz Parij-2024 Olimpiadasiga yo`llanma olish. Superligada kelasi mavsum ancha yuqori saviyali klublarga qarshi o`ynaymiz.