1

Mahallalardagi hokim yordamchilarining oylik ish haqi belgilandi

Iqtisodiyot 04.12.2021, 13:14
Mahallalardagi hokim yordamchilarining oylik ish haqi belgilandi

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari" to`g`risida Prezident qarori e`lon qilindi.

Qarorga muvofiq mahallalardagi hokim yordamchilarining ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi.

 Jumladan:

- xonadonlar soni 500 tagacha bo`lgan mahallada - mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 mln 932 ming so`m);

- xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo`lgan mahallada - 6,5 baravari miqdorida (5 mln 343 ming so`m);

- xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo`lgan mahallada - 7 baravari miqdorida (5 mln 754 ming so`m) bo`ladi.

Hokim yordamchilariga to`lanadigan o`rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo`lgan taqdirda etishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan kompensasiya qilib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1