AsosiyJamiyat

O`zbekistonda lokdaun holati takrorlanishi mumkinmi? Oydinlik kiritildi

'O`zbekistonda lokdaun holati takrorlanishi mumkinmi? Oydinlik kiritildi'ning rasmi

 COVID-19 pandimiyasi biroz yumshaganday ko`rinsa-da,  uning xavfi dunyo xalqlarini hamon o`z ta`sirida ushlab turibdi. Ayrim   mamlakatlar dastlabki paytdagidan-da, qat`iyroq ehtiyot choralarini ko`rmoqdalar. Ayting-chi, mamlakatimizda lokdaun holati takrorlanishi mumkinmi? 

Mazkur savolga Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan javob taqdim etildi.

"Epidemiologik tahlil natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, COVID-19 pandimiyasi davrida 2020-2021 yillarning mart oyida kasallik ko`rsatkichlarini asta sekin o`sishi kuzatilib, iyul oyida esa kasallikni eng yuqori cho`qqiga etganligi  kuzatildi. Mart oyidan ushbu kasallikni ko`payishi asosan COVID-19  infeksiyasining yangi shtammlari paydo bo`lishi bilan bog`liq. Dunyoda mavjud bo`lgan mikroorganizmlarning deyarli  80 foizdan ortig`ini viruslar tashkil etadi shu jumladan             COVID-19 ham shular qatoriga kiradi.  Viruslar juda tez ko`payish va o`zgaruvchanlikga moyil bo`lgan xujayrasiz jonzotlardar. COVID-19  infeksiyasining yangi shtammlarini paydo bo`lishi, bu aynan viruslarda kechayotgan mutasiya jarayonlariga bog`liq. Mutasiya jarayoni, shu jumladan viruslar o`z “xo`jayinini” almashtirib borishi (bir odamdan ikkinchisiga yuqishi) barobarida ularning virulentligi va patogenligi ortib boradi.

Pandemiya davrida viruslarning mutasiyaga uchrashi va yangi shtamlarning paydo bo`lishi pandemiyaning ancha davom etishiga sabab bo`lishi mumkin. Insoniyatga ma`lum bo`lgan virus etiologiyali pandemiyalar er yuzida doim qayd etib kelingan, xususan, 1918-1919 yillarda “Ispanka”, 2009 yilning 11 iyunidan 2010 yil 10 avgustigacha  AH1N1 (Cho`chqa grippi) pandemiyalari shular qatoriga kirib, ushbu pandemiyalar atigi bir yil davom etgan. Keyinchalik esa ular oddiy mavsumiy kasalliklar katoriga kirgan.  

Viruslardan butkul xalos bo`lish mumkin emas. Lekin, taxminiy nuqtai nazardan bashorat qilib ko`rsak, agarda 2022 yilning bahorida kasallik ko`rsatkichlarining yana o`sishi kuzatilmasa, u holda mamlakatimizda lokdaun holati e`lon qilinmaydi.

Shundagina, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2022 yilning oxirida yoki 2023 yilning boshida COVID-19 pandimiyasi tugatilgan deb elon qilishi mumkin. Bu bizning umidbaxsh taxminimiz holos", - deyiladi izohlar.

 

    Boshqa yangiliklar