Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachichga qiziqish bildirmoqda.
Defensa Central nashrining ma`lum qilishicha, mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan qiziqish bildirmoqda. Etarli o`yin amaliyotiga ega bo`lmagan 21 yoshli futbolchi ham Ispaniyadan Angliyaga qo`chib o`tishga qarshi emas.
“Qirollik klubi” Kovachichni 30 mln evroga xarid qilgan va undan arzon narxga sotmaydi.
Joriy mavsumda xorvatiyalik xavbek 32 o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





