AsosiyJamiyat

Nukus shahrida voleybol bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi

'Nukus shahrida voleybol bo`yicha O`zbekiston kubogi bahslari boshlandi'ning rasmi

Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida voleybol bo`yicha erkaklar va ayollar jamoalari o`rtasida O`zbekiston kubogi bahslariga start berildi.

Erkaklar o`rtasidagi bahslarda jami 10ta jamoa “A” va “B” guruhlariga bo`linishgan holda bahslarga kirishdi. Musobaqada mamlakatimizning eng kuchli voleybol jamoalari bo`lmish “O`ztelekom”, AGMK, “Milliy gvardiya” singari jamoalar ham ishtirok etishmoqda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilda Samarqandning “O`ztelekom” jamoasi mamlakat chempioniga aylangan bo`lsa, AGMK klubi superkubokni qo`lga kiritgan edi.

Ayollar o`rtasidagi musobaqalarda esa 6 ta jamoa bahslashmoqda. Ajablanarlisi, bahslarda mamlakatimizning amaldagi chempioni – O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi qatnashmayapti. Bu esa o`z-o`zidan Nukus davlat pedagogika instituti voleybolchi qizlarini musobaqa favoritiga aylantiradi. Biroq, sport kutilmagan natijalarni taqdim etishi bilan jozibador va umid qilamizki, Nukusdagi O`zbekiston kubogi bahslari bizga yangi jamoalarni kashf etib bersa.

O`zbekiston kubogi o`yinlarini boshqarib borish uchun 18 nafar hakam jalb etilgan bo`lib, saralash musobaqalari 13-dekabrga qadar davom etadi. Yarim final va final bahslari esa 14-15-dekabr kunlariga belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar