Angliya Premer-ligasining 16-turidan o`rin olgan “Brayton” – “Tottenhem” uchrashuvi noma`lum muddatga qoldirildi.
Ma`lumki, “Tottenhem” jamoasining ko`plab a`zosida virus aniqlangan. Bu esa APLda ishtirokiga ham o`z ta`sirini o`tkazgan.
Avvalroq jamoa Konfederasiyalar ligasi doirasida “Renn”ga qarshi o`yini yuqoridagi sabab tufayli noma`lum muddatga qoldirilgandi.
Eslatib o`tamiz, “Brayton” va “Tottenhem” uchrashuvi 12 dekabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgandi.






