Angliya chempionati 36-turida “Chelsi” jamoasi o`z maydonida “Tottenxem” bilan o`zaro bahs olib bordi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ushbu natija evaziga “Lester” klubi Angliya chempioniga aylandi.
Dastlabki bo`limda “Tottenxem” raqib darvozasini ikki marotaba ishg`ol qilgan bo`lsa-da, “Chelsi” ikkinchi bo`limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Shu tariqa, “Chelsi” “Lester”ning chempion bo`lishiga o`z hissasini qo`shdi.
Chempionat yakunlanishiga ikki tur bor. Demak, qolgan jamoalar yuqori pog`onalar uchun jang qiladi.
Angliya chempionati
Chelsi – Tottenxem 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 35 Keyn, 0:2 – 44 Son Xin Min, 1:2 – 58 Keyxill, 2:2 – 83 Azar.





