Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “O`zbekiston” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati 340 million so`mlik jami 170 000 dona shokolad mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.