AsosiySport

Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz Osiyo chempionatida bitta oltin va ikkita bronzaga ega bo`ldi

'Akademik eshkak eshish. Sportchilarimiz Osiyo chempionatida bitta oltin va ikkita bronzaga ega bo`ldi'ning rasmi

Tailandning Bang-Chang shahrida sportning akademik eshkak eshish turi bo`yicha o`smirlar va kattalar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada qit`amizning 15ta davlatidan mahoratli sportchilar g`oliblik uchun bahs olib borishyapti.

14-dekabrga qadar davom etadigan musobaqada O`zbekiston sharafini 12 nafar sportchi himoya qilishga bel bog`lashgan.

Quvonarlisi, bugungi bahslarda vakillarimiz bitta oltin va ikkita bronza medalini qo`lga kiritdi. Jumladan, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlari ishtirokchisi Shahboz Xolmirzaev og`ir vazndagi yakkalik bahslarida oltin medalga sazovor bo`ldi.

Og`ir vazn toifasidagi juftligimiz – Davronov Davrjon va Muhammadiev Abdullo tandemi esa 2000 metrlik masofaga o`tkazilgan poygada marraga uchinchi bo`lib etib kelishdi. Bu esa ularga osiyo chempionatining bronza medalini taqdim etdi.

Shuningdek, engil vazndagi Hakimov Shexroz, Safaraliev Sobir, Nurmatov Shahzod hamda Xudoyberdiev Dilshodlar kvarteti ham marra chizig`ini uchinchi bo`lib kesib o`tishdi va ular ham mamlakatimiz sport delegasiyasi hisobiga navbatdagi bronza medalini qo`shib qo`yishdi.

Boshqa yangiliklar