Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boks kechasi bo`lib o`tdi.
Super og`ir vaznda hamyurtimiz Bahodir Jalolov kolumbiyalik raqibi Xulio Sezar Kalimenogaga qarshi jang o`tkazdi. Kutilganidek, Jalolov jangning 37-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratib, g`alabani o`z foydasiga hal qildi.
Shu tariqa, Jalolov professional boksdagi 9-jangini ham nokautli g`alaba bilan yakunladi.






