AsosiySport

“Manchester Yunayted”ning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

“Manchester Yunayted” jamoasi posboni David De Xea klub muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 25 yoshli darvozabon qatorasiga uchinchi yil ushbu nomga loyiq bo`lmoqda. 

“Ushbu sovrinni uchinchi marta qo`lga kiritish aqlbovar qilmaydi. Men baxtiyorman, bundan faxrlanaman. Klub muxlislariga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular dunyodagi eng zo`r muxlislar. Aynan ular uchun ham kurashda davom etamiz”, – dedi ispaniyalik posbon. 

“Hozir bor e`tiborni Angliya Kubogi finaliga qaratishimiz va “Kristal Pelas”ni mag`lub etishimiz kerak”, – deya qo`shimcha qildi De Xea.

Joriy mavsumda De Xea APLning 31 o`yinida maydonga tushib, 29 ta gol o`tkazib yuborgan.

    Boshqa yangiliklar