“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike shartnomasi yakuniga qadar kataloniyaliklarni tark etmasligini ma`lum qildi.
Luis Enrike “Barselona”ning EChLdagi muvaffaqiyatsizlikka uchrashini kutmagan va bundan afsusga tushgan edi. Ammo bu holat uning klubdan ketishiga sabab bo`la olmaydi.
“Barselona” Ispaniya chempionatida g`olib bo`lish hamda mamlakat Kubogini qo`lga kiritish imokniyatini saqlab qolgan.
Eslatib o`tamiz, Luis Enrikening kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.





