AsosiySport

Evropa ligasi o`tish o`yinlariga qur`a tashlandi

'Evropa ligasi o`tish o`yinlariga qur`a tashlandi'ning rasmi

Bugun Evropa ligasi 1/8 final o`tish bosqichiga qur`a tashlandi. Unda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to`p surayotgan “Sherif” ham o`z raqibini bilib oldi. 

Unga ko`ra, mazkur bosqichda “Barselona” klubi Italiyaning “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi. “Sherif” esa Portugaliyaning “Braga” jamoasi bilan kuch sinashadi. 

O`tish o`yinlari juftliklari:
"Sevilya" (Ispaniya) – "Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Atalanta" (Italiya) – "Olimpiakos" (Gresiya)
"Leypsig" (Germaniya) – "Real Sosedad" (Ispaniya)
«Barselona" (Ispaniya) – "Napoli" (Italiya)
"Zenit" (Rossiya) – "Betis" (Ispaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya) – "Reyndjers" (Shotlandiya)
""Sherif" (Moldova) – "Braga" (Portugaliya)
"Portu" (Portugaliya) – "Lasio" (Italiya)

Ma`lumot uchun, dastlabki uchrashuvlar 17 fevral kuni bo`lib o`tsa, javob bahslari 24 fevral sanasiga belgilangan.

Boshqa yangiliklar