AsosiySport

Sportchilarimiz muaytay bo`yicha jahon chempionatida 3ta medalga ega bo`ldi

'Sportchilarimiz muaytay bo`yicha jahon chempionatida 3ta medalga ega bo`ldi'ning rasmi

Tailandning Bangkokning shahrida muaytay bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tdi. Musobaqada O`zbekiston terma jamoasi ham 4 ta sportchi bilan ishtirok etishdi.

O`zbek sportchilari har doim ham muaytay bo`yicha sayyoramizning kuchli sportchilari qatorida turishadi va bu gal ham raqiblariga munosib qarshilik ko`rsatishdi.

Jumladan, jahon chempionatida 48 kg vaznda ishtirok etgan Jamshidxo`ja Ochilov barcha raqobatchilarini tiz cho`ktirgan holda jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo`ldi.

Shuningdek, 51 kg vaznda Zubayr Husanov kumush medal sohibi bo`lgan bo`lsa, yana bir hamyurtimiz Ongar Boymurodov 86 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa terma jamoamiz jahon chempionatidan umumiy hisobda 3 ta medal bilan qaytadigan bo`lishdi.

Boshqa yangiliklar