1

Koreya fondi O`zbekistonga sog`liqni saqlash sohasidagi loyihalar uchun 238 mln dollar ajratdi

Iqtisodiyot 16.12.2021, 14:41
Koreya fondi O`zbekistonga sog`liqni saqlash sohasidagi loyihalar uchun 238 mln dollar ajratdi

Seul shahrida O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Eksimbanki prezidenti Bang Mun Kyu bilan muzokaralar o`tkazdi. Bu haqda investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2014-2017 yillarda Eksimbank bilan hamkorlikda qariyb 180 mln. dollarlik 4 loyiha hayotga joriy etilgan bo`lsa, 2018-2020 yillarda 660 mln dollarlik 7ta loyiha amalga oshirildi. Bank bilan hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari sog`liqni saqlash, ta`lim va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridir.

Muloqot davomida o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihalarni tayyorlash, o`rganish va tasdiqlash jarayonlarini tezlashtirish imkonini beruvchi o`zaro hamkorlik mexanizmlari ko`rib chiqildi.

O`zbekiston tomoni mamlakatda yangi investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun EDCF tomonidan imtiyozli moliyalashtirish hajmini 1 mlrd dollargacha ko`paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror uchun minnatdorlik bildirdi. 2021-2023 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarga teng bo`lgan 13ta loyihadan iborat bo`ladi. Tomonlar ushbu loyihalarni faol ilgari surish va amaliyotga tatbiq etish bo`yicha yaqin hamkorlik o`rnatishga kelishib oldilar.

Elektrotexnika, biofarmasevtika, metallurgiya va kimyo sanoati sohalarida yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yangi tashkil etilgan EDPF Iqtisodiy taraqqiyotga ko`maklashish jamg`armasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo`yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Muzokaralar yakunida tomonlar muhokama etilgan sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlarni davom ettirishga sodiqliklarini bildirdilar. Shuningdek, qiymati 88,8 mln dollar bo`lgan “O`zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasi hamda 150 mln dollarlik “Onkologik klinikasini qurish” loyihasi bo`yicha qarz shartnomalari imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1