Futbol bo`yicha ko`p karra O`zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, milliy terma jamoamizning sobiq sardori Odil Ahmedovdan o`z muxlislari uchun ajoyib tuhfa tayyorladi.
Shu yil 18-dekabr kuni soat 17:00da Toshkentdagi “City Palace Hotel” mehmonxonasida o`zbek futbolining yorqin namoyondasi Odil Ahmedov hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan ijodiy kecha tashkil etiladi. Unda futbolchi qalamiga mansub “Orzuning shonli yo`li” nomli kitobining taqdimoti bo`lib o`tadi.
Shuningdek, tadbir Uzreport TV telekanalida jonli namoyish qilinadi.






