“Inter” klubi yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan kelishgan holda shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar 2024 yilning yozigacha mo`jallangan shartnomani kelishgan holda bekor qildi. Bunga futbolchining yuragi bilan bog`liq muammo sabab yuzaga kelgan.
Eriksen Evro-2020da yurak xurujidan so`ng unga kardioverter-defibrillyator joylashtirilgan. Bu bilan A Seriyada to`p surishga ruxsat berilmadi.






