AsosiySport

Taekvondo ITF: o`zbek sportchilari jahon kubogida butun dunyoni lol qoldirmoqda

'Taekvondo ITF: o`zbek sportchilari jahon kubogida butun dunyoni lol qoldirmoqda'ning rasmi

Belarus respublikasi poytaxti Minsk shahrida tashkil etilgan taekvondo ITF bo`yicha 14-17 yoshlilar hamda faxriylar o`rtasida 55-jahon chempionati o`z yakuniga etdi va Jahon kubogi bahslariga start berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, musobaqada O`zbekiston taekvondo ITF assosiasiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi O`zbekiston sport delegasiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jahon chempionatida hamyurtlarimiz yakkalik va jamoaviy bahslarda o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazgan holda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi.

Jahon chempionati yakunlanganidan so`ng, Minsk shahrida o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida Jahon kubogi musobaqalariga start berildi va unda 64 nafar taekvondochilarimiz g`oliblik uchun kurash olib bormoqda.

E`tiborlisi, sportchilarimiz musobaqaning ilk kunidayoq o`zlarining nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyoga ko`z-ko`z qilishni boshladi hamda shu kunning o`zida 9 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati va Jahon kubogida ishtirok etgan O`zbekiston sportchilari delegasiyasi 20 dekabr kuni mamlakatimizga qaytib kelishadi.

    Boshqa yangiliklar