Madridning “Real” jamoasi Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob o`yinida “Manchester Siti” futbolchilarini o`z maydonida qabul qildi.
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:0 hisobida madridliklar zafar quchib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Finalda Madridning ikki klubi – “Atletiko” va “Real” kuch sinashadigan bo`ldi.
EChL, 1/2 final. Javob uchrashuvi
Real Madrid – Manchester Siti 1:0
Gol: 1:0 – 20, Beyl.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko (Xames, 67), Kroos, Beyl, Modrich (Kovachich, 88), Xese (Vaskes, 56), Ronaldu.
Manchester Siti – Xart, Kompani (Mangalya, 10), Klishi, Sanya, Otamendi, Fernando, Fernandino, Ture (Sterling, 61), Navas (Ixeanacho, 69), de Bryuyne, Aguero.
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (30), Fernando (71), Vaskes (81).
Birinchi o`yin: 0:0