Filippinda sodir bo`lgan "Ray" supertayfuni ko`plab vayrongarchiliklarni keltirib chiqargani ma`lum qilindi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Qayd etilishicha, supertayfun oqibatida kamida 31 kishi halok bo`lgani aytilmoqda. Bedarak yo`qolganlar ham ko`pchilikni tashkil qilmoqda.
Tayfun epimarkazida shamol tezligi soatiga 195 kilometrgacha etganligi aytilmoqda. Tabiiy ofatdan eng ko`p jabr ko`rgan Siargao oroli butunlay vayron bo`lib, tayfun etkazgan zarar miqdori 400 million dollarni tashkil qilmoqda.
Dinagat provinsiyasi hokimiyatining ma`lum qilishicha, hukumatdan oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarni etkazib berishni so`ramoqda. Provinsiyada aholi maskanlari vayron bo`lgan.