Filippin sohillariga yopirilgan "Ray" superto`foni oqibatida halok bo`lganlar soni 75 nafarga etdi. Bu xaqda Channel News Asia telekanali xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, qurbonlar soni yanada ortishi ehtimoli bor. Chunki to`fon natijasida ko`plab joylarda aloqada uzilishlar kuzatilgani bois, aniq ma`lumotlar etib kelganicha yo`q.
To`fon natijasida 300 ming kishi o`z uyini tark etishga majbur bo`ldi. Bedarak yo`qolgan insonlarni izlash ishlari davom etmoqda.
Hukumat eng ko`p zarar ko`rgan hududlarga harbiylar, polisiyachilar, o`t o`chiruvchilar va qutqaruvchilarni safarbar qilgan.
To`fon natijasida elektr uzatish liniyatlarida muammolar kelib chiqqan. Bundan tashqari, ichimlik suvi bo`yicha tanqislik kuzatilmoqda.