AsosiySport

UEFA "Tottenhem"ga texnik mag`lubiyat yozdi. Klub EKL tark etdi

'UEFA "Tottenhem"ga texnik mag`lubiyat yozdi. Klub EKL tark  etdi'ning rasmi

UEFA Konferensiyalar ligasi 6-turi doirasida "Tottenhem"ning Fransiyaning "Renn"ga qarshi qoldirilgan o`yini bo`yicha qarorini e`lon qildi.

Unga ko`ra, UEFA ingliz jamoasiga texnik mag`lubiyat yozdi. Mazkur o`yin "Tottenhem" jamoasida yuzaga kelgan koronavirus bilan bog`liq vaziyat sababli "Renn"ga qarshi o`yinni o`tkazmagan edi.

Shu tariqa, "Tottenhem" "G" guruhida 7 ochko bilan 3-o`rinda qoldi. "Renn" (11 ochko) va "Vitess" (10) jamoalari turnirdagi ishtirokini pley-off bosqichida davom ettiradi. 

Boshqa yangiliklar