Filippinning markaziy va janubiy provinsiyalariga yopirilgan “Ray” superto`foni qurbonlari soni ko`paymoqda. Bu haqda AsiaNews telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, to`fon oqibatida halok bo`lganlar soni 208 nafardan oshgan. Bu son yanada ko`payishi taxmin qilinmoqda. Vafot etganlarning aksariya qismini Sebu va Boxol orollardagi fuqarolar tashkil qilmoqda.
Filippin prezidentining vakili Karlo Nograles so`zlarig ko`ra, to`fon kelishi oldidan 332 ming kishi evakuasiya qilingan. Elektr uzatish liniyalari hamda infratuzilma borasidagi muammolar tufayli zarar miqdorini aniqlashda qiyinchilik yuzaga kelmoqda.
Hukumat tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga 2 milliard peso (taxminan 40 million dollar) ajratishini ma`lum qildi. Bu mablag` suv, oziq-ovqat, chodirlar va boshqa zarur buyumlarni etkazib berishga sarflanadi.