AsosiySport

Saloh APLda muxlislar ovoziga ko`ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi". Ronalduchi...

'Saloh APLda muxlislar ovoziga ko`ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi". Ronalduchi...'ning rasmi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh muxlislar ovozi yo`li bilan aniqlanadigan Angliya Premer-ligasi taqvimida eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda The Mirror xabar berdi

Ma`lum bo`lishicha, ovoz berishda 140 mingdan ortiq muxlislar ishtirok etgan. Salohdan keyingi o`rinni "Vest Hem" futbolchisi Deklan Rays egalladi. Uchlikni esa "Manchester Yunayted" a`zosi Brunu Fernandesh yakunlab berdi. 

Mazkur ro`yxatdan 20 nafar futbolchi o`rin egalladi.

4. Filip Foden ("Manchester Siti")

5. Eduard Mendi (“Chelsi”),

6. Meyson Maunt (“Chelsi”),

7. Ruben Diash (“Manchester Siti”),

8. Kevin de Bryoyne (“Manchester Siti”),

9. Jorjino (“Chelsi”),

10. Joau Kanselu (“Manchester Siti”),

11. Maykl Antonio (“Vest Hem”), 

12. Harri Keyn (“Tottenhem”), 

13. N’Golo Kante (“Chelsi”),

14. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), 

15. Markus Rashford (“Manchester Yunayted”), 

16. Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), 

17. Djek Grilish (“Aston Villa” / “Manchester Siti”), 

18. Ilkay Gyundogan (“Manchester Siti”),

19. Son Xyon Min (“Tottenhem”),

20. Yuri Tilemans (“Lester”).

Boshqa yangiliklar