Bir muddat avval Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 20 dekabr kuni poytaxtda “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida yoshlar bilan uchrashgani haqida yozgandik.
Ushbu uchrashuvdan so`ng, vazir bir guruh OAV savollariga ham javob berdi. Xususan, u sal avval do`ppi kiyish borasidagi tashabbusi va borada bo`lgan muhokamalarga munosabat bildirdi.
"Bu erda men haqligimni million foiz bilaman. Men shu millatning vakiliman. Hammamiz do`ppi kiyaylik, deyishga haqqim bor meni. Bu hech qanday zo`rlash emas. Yoshlarimiz ko`chada "chechenlar" do`ppisini kiyib yuribti. Bungi hech kim e`tiroz bildirmyapti, biroq mening do`ppi kiyish haqidagi taklifim muhokama qilinyapti. Chopon kiydirib, belimizga belbog` bog`lab qo`ymoqchimisan, degan e`tirozlar ham bo`lmoqda. Men zo`rvonlik qilmayapman, shunchaki bitta qadriyatimizni targ`ib qildim",-deydi madaniyat vaziri.
Agar bunga haqqim bo`lmasa, ayting, deydi Nazarbekov so`zining yakunida.