Evropa Ligasi musobaqasining ikkinchi yarim final javob o`yinida “Liverpul” o`z maydonida “Vilyarreal”ga qarshi bahs olib bordi. Unda 3:0 hisobida maydon egalari zafar quchdi.
Dastlabki o`yinda mersisaydliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsa-da, javob o`yinida yirik hisobda g`alaba qozonib, final yo`llanmasiga ega bo`ldi.
18 may kuni Bazel shahrida bo`lib o`tadigan finalda “Liverpul” “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.
Evropa Ligasi, 1/2 final. Javob uchrashuvi
Liverpul Angliya – Vilyarreal Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Soriano, 2:0 – 63 Starrij, 3:0 – 81 Lallana.
Dastlabki uchrashuv: 0:1