AsosiyJamiyat

Voleybol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zoalari Bangladeshga jo`nab ketdi

'Voleybol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zoalari Bangladeshga jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugun erta tongda voleybol bo`yicha O`zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi a`zolari Bangladesh davlatiga jo`nab ketishdi. Ular Bangladeshning Dakka shahrida tashkil etiladigan SAVA, ya`ni Markaziy Osiyo voleybol assosiasiyasi shafeligidagi “Chellenj SUP” musobaqasida ishtirok etadi.

Yodingizda bo`lsa, voleybolchilarimiz joriy yil avgust oyida Farg`ona shahrida o`tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan va mazkur musobaqada ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishgan edi.

Tashkilotchilar CAVA “Chellenj SUP” musobaqasini bugungi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda karantin qoidalari asosida tashkil etish choralarini ko`rishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar