Evropa Ligasi musobaqasining yarim final javob o`yinida “Sevilya” o`z maydonda “Shaxtyor” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda “Sevilya” 3:1 hisobida zafar quchib, final yo`llanmasiga ega bo`ldi.
Dastlabki o`yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi. Ikki o`yin natijasiga ko`ra andalusiyaliklar finalga chiqishdi.
Ikkinchi yarim finalda “Liverpul” zafar quchdi. Final uchrashuv 18 may kuni bo`lib o`tadi.
Evropa Ligasi, 1/2 final. Javob uchrashuvi
Sevilya Ispaniya – Shaxter Ukraina 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Gameyro, 1:1 – 44 Eduardo, 2:1 – 47 Gameyro, 3:1 – 59 Mariano.
Dastlabki uchrashuv: 2:2





