Shu haftada Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final javob uchrashuvlari bo`lib o`tdi. “Atletiko” ikki o`yin natijasiga ko`ra “Bavariya”ni mag`lubiyatga uchratdi. “Real” esa “Manchester Siti”dan ustun keldi.
UEFA rasmiy sayti ushbu haftadan porlagan va jamoasining g`alabalariga hissa qo`shgan futbolchilar ramziy termasini tuzib chiqdi.
Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”)
Himoyachilar: David Alaba (“Bavariya”), Diego Godin (“Atletiko”), Xuanfran (“Atletiko”), Dani Karvaxal (“Real”).
Yarim himoyachilar: Arturo Vidal (“Bavariya”), Luka Modrich (“Real”), Xabi Alonso (“Bavariya”), Toni Kroos (“Real”).
Hujumchilar: Garet Beyl (“Real”), Antuan Grizmann (“Atletiko”).