AsosiyDunyo

"TURKOVAC": Turkiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqargan 9-davlat bo`ldi

'"TURKOVAC": Turkiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqargan 9-davlat bo`ldi'ning rasmi

22 dekabrdan Turkiya o`zining koronavirusga qarshi ilk mahalliy  vaksinasini "TURKOVAC" nomi bilan ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Prezident Rejep Toyyib Erdog`an twitter sahifasida ma`lum qildi.

Anadalu agentligi xabariga ko`ra, Turkiyada ishlab chiqarilgan TURKOVAC koronavirus (COVID-19)ga qarshi vaksina ko`ngillilar ishtirokidagi ko`plab muvaffaqiyatli klinik sinovlardan so`ng shoshilinch foydalanish uchun tasdiqlandi. 

Sinovlar 2021 yil 22 dekabr kuni seriyali ishlab chiqarilishi boshlangan faolsizlangan vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini isbotladi.

Ma`lum qilinishicha, mahalliy vaksina sinovlari 2020 yil aprel oyida birinchi navbatda hayvonlarda boshlangan.

Ikki bosqich yakunida ijobiy natijalar olinganidan so`ng, klinik sinovlarning oxirgi, uchinchi bosqichi boshlandi.

Uchinchi bosqichdagi vaksinaning birinchi dozasi 2021 yil 22 iyun kuni Anqara shahar kasalxonasida kiritildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`on jarayonni videokonferensiya orqali kuzatdi. Shu kuni Turkiya rahbari mahalliy inaktivlashtirilgan vaksinaga TURKOVAC nomi berilganini ma`lum qildi.

Sog`liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja 2021 yil 25 noyabr kuni Turkiyaning TURKOVAC vaksinasi uchun favqulodda ariza topshirilganini e`lon qildi.

Taxminan bir oy o`tgach, Turkiya dori vositalari va tibbiy asboblar agentligi TURKOVACni koronavirusga qarshi shoshilinch ravishda ishlatishga ruxsat berdi.

Shu tariqa Turkiya dunyoda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan 9-davlat bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar