“PSJ” klubi etakchisi Zlatan Ibragimovich 2015/16 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
34 yoshli futbolchi ushbu sovringa da`vogarlik qilgan jamoadoshi Anxel Di Mariya, “Nissa” etakchisi Xatem Ben-Arfa hamda “Marsel” yarim himoyachisi Lassana Diarrani ortda qoldirdi.
Tajribali forvard mamlakat chempionatining 29 o`yinida 35 ta gol kiritgan va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.





