FIFA 2021 yilning eng so`nggi yangilangan reytingini ma`lum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko`ra, reytingni 1-o`rin bilan Belgiya terma jamoasi boshqarmoqda. Braziliya esa 2-o`rindan o`rin egallagan bo`lsa, uchlikni Fransiya yakunlab beradi. Kuchli o`ntalikdan esa Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya terma jamoalari qayd etilgan.
O`zbekiston milliy terma jamoasi esa 1274 ochko bilan 2021 yilni 84-o`rinda yakunlaydi. Bu ko`rsatkich Osiyoda 11-o`rinda bo`ldi.